Bosh saxifa » Xayot va Umr haqida she'rlar » Musofirlar haqida juda ta'sirli she'r

Musofirlar haqida juda ta'sirli she'r

29 март 2020, Воскресенье
2 812
0
Yana qo‘lga olib qalam
Sog'inchimni etdim bayon
Ichimdagi dardu alam
Faqat bir o‘zimga ayon

Yuribmanku mehnat qilib
Yurtdan olis makonlarda
Har kun halol rizqim terib
Ishlayapman sovuqlarda

Goh mag'lubman goho g'olib
Hatto ba'zan bekor qolib
Sog'inchimni kuyga solib
Yashayapman musofirda

Otajonim men yaxshiman
Onajonim ishim yengil
Akam ukam yuribdimi
Qalay o'zi erka singil

Qishloq ancha o'zgargandir
Chiroy ochib gullagandir
Do‘stu jura qadirdonlar
Sog‘u salomat yurgandir

Bu yerlarda dardkashim yo'q
Biror yaqin sirdoshim yo'q
Ammo havotir olmanglar
Ustim butu qornim ham to'q

Yaqin qoldi diydor oni
Men qaytaman tugasa qish
Sog'indimda vatanimni
O‘zimizda ham ko'pku ish
04.11.2019

Muallif: Abdulla Murodulla
Комментарии:
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Нормативные документы, руководства, статьи, новости, опыт коллег
Всё об индивидуальном предпринимательстве © 2017-2057