PAYSHANBA, 2010.03.11, 14:28
SMS sherlar, SMS hazillar, SMS sevgi SHERLAR
XUSH KELIBSIZ MEXMON | RSS

WWW.SHERLAR.UZ
SAXIFALAR
MINI CHAT
MALUMOT IZLASH
Xisoblagich.ucoz
BOSH SAXIFA » Файлы » SMS Xikmatli so'zlar » SMS Xikmatli so'zlar[ ]

SMS Xikmatli so'zlar
[ () ·
MEXMON, "", .
() ·
2008.04.19, 22:01
BOLIMI: SMS Xikmatli so'zlar | QOSHDI: 9999 | Теги:

KORILDI: 11591 | Загрузок: 0 | SMSLAR: 153 | REYTINGI: 4.3/23


SMSLAR SONI: 153

1 2 3 4 5 6 »
0  
153 Sherzod98rus   (2010.03.08 19:58)
Musulmon duo qil ochib qo'lingni, Alloh oson qilsin JANNAT yo'lingni. Neki orzu qilsang niyatingga yet, Iymon bilan kelding - iymon bilan ket... Abdulloh312@mail.ru

0  
152 munik77   (2010.03.01 09:13)
Gohida ezsa gar meni g'am,
Qiynasa goh ich o'rtar alam.
Topilmasa biror-bir hamdam,
Allohdan o'zga yor topmadim...

Holim tushunmasa do'stlarim,
Yolg'on desalar rost so'zlarim.
Yig'idan tinmasa ko'zlarim,
Allohdan o'zga yor topmadim...

Zulmat ichra chiqmasa ziyo,
Gar sig'masam olamga go'yo.
Izlaganim bo'lsa bir ro'yo,
Allohdan o'zga yor topmadim


0  
151 munik77   (2010.03.01 09:11)
Nega nolib yashaysan, berganiga shukr qil,
Ko'zing yorug' dunyoni ko'rganinga shukur qil.

Shivirlagan maysalar qilam bo'ldi yo'lingga,
Oqar suvlar uyinga kelganiga shukr qil.

Boshin egib daraxtlar, yuz ming nozu ne'matlar,
Dasturxonni to'ldirib turganiga shukr qil.

Bahor bilan qo'shilib, darvozangga urilib,
Ayvoningga qaldirg'och kirganiga shukr qil.

Jajjigina qo'lida yurt tuprog'i bolangning,
Ohista qadam tashlab, yurganiga shukr qil.

Ahtamquli ogoh bo'l, olamda yoq bunday yurt,
Qalam qog'ozga ko'ngling yozganiga shukur qil

Ahtam Karim


0  
150 munik77   (2010.03.01 09:07)
Dinu diyonatdan bo’lmagin yiroq,
Yo’lingni yoritar u mangu chiroq.
Amallaring uchun jannatni olsang,
Ne’mat bormi yana undan yaxshiroq

0  
149 munik77   (2010.03.01 09:05)
Mehmonsanu dunyoga, Mezbon bilan ishing yo’q,
Senga bu jonni bergan Hoqon bilan ishing yo’q.

Agar pok emas ruh, ko’ngil bo’lgay zimiston,
Uni zimiston etgan o’pqon bilan ishing yo’q.

Kim do’stu kim dushmaning, ajratolmaysan hamon,
Shaytonga do’st bo’libsan, Rahmon bilan ishing yo’q.

O’ylamaysan dunyoni kim aylagan ixtiro,
Mevasin yeb tunu kun, Bog’bon bilan ishing yo’q.

Bu molu davlatingdan foyda yo’q oxiratda,
Inson uchun eng muhim – iymon bilan ishing yo’q.

Nafsingga qul bo’lgansan, ko’rmas aql ko’zlaring,
Qalbingda qon yig’lagan vijdon bilan ishing yo’q.

Adog’I bor umrning so’rog’I ham bor, albat,
Yiqqan-terganlaring ko’p, ehson bilan ishing yo’q.

Jisming tushar tuproqqa, ruhing uchar samoga,
Tuproq ila mashg’ulsan, osmon bilan ishing yo’q.

Boylik, amal va shuhrat – bular dunyo g’aflati,
Bundan ham bexabarsan, Qur’on bilan ishing yoq.

Millat bugun mustaqil, o’zbek dunyoga mashhur.
Bobolaring yetmagan zamon bilan ishing yoq.

Ko’zingni och, ey odam, bandaliging unutma,
Nechun ushbu g’animat imkon bilan ishing yo’q


0  
148 munik77   (2010.03.01 09:03)
Men kimga suyangum Allohdan boshqa


Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon.
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning.
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Noshukur emasman dunyoda garchand,
Qaydadir menga ham bor balki dilband
Va lekin tiriklay kuydirsa farzand,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Insofu ishonch ham shirin so‘z bari,
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari.
To hayot ekansan qochgaydir nari,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Shunchalar kaj erur dunyoi gardun,
Undan diyonatni axtarmoq nechun,
Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni,
Joningmas, martabang, balki shoningni,
O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega,
Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega.
Malomat qilurman, olomon, senga:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar,
Balki ularning ham dilida kadar,
Hoynahoy mendaylar degay muqarrar:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Umr ham oxirlab bormoqda sekin,
Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin.
Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.


0  
147 UZDAEWOO   (2010.02.20 16:28)
Mexnat qilsang roxat ko`rasan

0  
146 Stichboy3322   (2010.02.11 10:40)
Яхши одамларнинг такдири хам гузал булади!!!

0  
145 MIRJALOL   (2010.02.06 17:12)
hayot atalmish zaminda hamisha kulub yashamoq kerak.

+1  
142 Alisher_2626   (2010.01.03 16:32)
Podishox doim o’ng qo’l vaziri bilan ovga sayoxatga chiqar ekan
Bir kuni podishoxni bir barmog’i kesilib ketibdi keyin buni vazirlardan
Sababini so’rabdi bu yaxshilikkami yoki yomonlikkami deb shunda hamma
Vazirlari yomonlikka yaxshi ish bo’lmabdi deyishibdi. O’ng qo’l vaziri esa
Har ishda va har narsada HIKIMAT bor debdi bu javob podishoxga yoqmabdi
Va uni zindonga qamab qo’yibdi. Oradan kunlar o’tibdi bir kuni podishox
bir o’zi sayirga chiqibdi. Yolda odamxo’rlarga duch kelibdi. Shu kuni ular qurbonlik
qilishyotgan ekan podishoxni ushlab olishibdi ularning odatida qurbonlikka
nuxsonsiz bo’lish kerak ekan podishoxni qurbonlik qilamizdeb turgan vaqida
uni barmog’i yo’qligini ko’rishibdi va uni nuxsoni bor ekan deb qo’yib yuborishibdi.
Podishox saroyga keliboq zindondagi vaziridan yeg’lab, quchog’lab kechirim
so’rabdi. Keyin vazir yana donolik qilib shunday debdi har narsada bir hikimat
bor debdi podishox yeg’lab yana qanday hikimat bor desa vazir agar siz meni qamab
qo’ymaganizda sizni o’rnizga odamxo’rlarga yem bo’lmasmidim.

Sizni ham har ishlaringizda hikimat bor


0  
141 bek_i   (2010.01.03 12:14)
ku4sizlar orasida ku4li bolgandan ko`ra, ku4lilar orasida ku4siz bolgan ma'qul

0  
140 bek_i   (2010.01.03 12:10)
kimlar uchundir yashashning o`zi ham bir baxtdir.

0  
139 Heloween   (2009.12.26 12:25)
qizlaga maslahat jannatka kiraman disela 5 amalga rioya qilila
1. 5 vaqt nomoz o`qish
2. ota-onani rozi qilish
3. erri rozi qilish
4. ro`za tutish
5. farzandini ilmli qilish

0  
136 ActiV_Boy   (2009.12.04 23:49)
Kasal bo'lishingdan oldin,sog'lig'inni g'animat bil
faqir bo'lishingdan oldin,boyliginni g'animat bil
keksalikdan oldin,yoshliginni g'animat bil
olimindan oldin, tirikliginni g;nimat bil

+2  
135 wiza   (2009.12.02 23:37)
21-asr qizlarini qalb bilan emas aqil bilan sevish kerak do`stlar devil

+1  
143 Firdavsjon   (2010.01.13 20:28)
E gap bo'lishi mumkin emas topa togri bola qizla b-n gaplawiwdan oldin oylela togri iw qivosila yo notogrimi
21-asr qizlarini qalb bilan emas aqil bilan sevish kerak do`stlar

0  
134 ozodbek_1986   (2009.11.08 23:07)
cnin dostni sotib olib bulmaydi, ammo uni sotish onson.

+1  
133 smertnik   (2009.10.25 13:19)
Хар кандай тушкун холатда хам КУВОНЧЛИ нимадир топилади.

+2  
132 asliddin7702220   (2009.10.03 10:12)
Mehnatni o'ng qo'l qiladi,
tilla soatni esa chap qo'l taqadi.

+1  
131 Fahriddin   (2009.09.29 23:49)
Бу дунёда севги булади аввало Оллохга

+2  
130 Pakhtakor№1   (2009.08.27 08:18)
Энг дахшатлиси ва жирканчлиси дунёда самарасиз яшамокдир

0  
129 Pakhtakor№1   (2009.08.27 08:17)
Bir tomchi aroq ming tomchi qon oqiza oladi

0  
128 Pakhtakor№1   (2009.08.27 08:15)
Chin muhabbat chegara bilmaydi....

0  
127 Pakhtakor№1   (2009.08.27 08:14)
Eng aqlli erkak sevgan vaqtida ahmoqqa aylanadi
eng yengiltak qiz esa sevgan vaqtida oqila bulib qoladi...

+2  
126 Pakhtakor№1   (2009.08.27 08:13)
Hech narsa erkak qalbini sevgichalik yumshatolmaydi!

+1  
125 Pakhtakor№1   (2009.08.27 08:12)
O'tmishni ham kelajakni ham tan
olmaydigan yagona tuyg'u Sevgidir...

1 2 3 4 5 6 »


SAYTGA KIRISH
Логин:
Пароль:
SHERLAR
SAYT FAOLLARI

ESDA QOLDIMI?
XAMKORLARIMIZ
BIZ BILAN ALOQA
JAVOXIR_85@MAIL.RU
---BARKAMOL AVLOD--- YILI © 2010
Хостинг от uCoz