CHORSHANBA, 2010.03.10, 09:29
SMS sherlar, SMS hazillar, SMS sevgi SHERLAR
XUSH KELIBSIZ MEXMON | RSS

WWW.SHERLAR.UZ
SAXIFALAR
MINI CHAT
MALUMOT IZLASH
Xisoblagich.ucoz

XOZIR SAYTDA 55
MEXMON 46
FOYDALANUVCHI 9
_ANONIM_, munik77, MUHAMMADBOBUR, mehrishka, GavharShodA, Tillo_87, KOLYA_1989, ALI-90, Molli
BUGUNGI FAOLLAR
BOSH SAXIFA » Файлы » VATAN XAQIDA SMS SHERLAR » VATAN XAQIDA SMS SHERLAR[ ]

VATAN XAQIDA SMS SHERLAR
[ () ·
MEXMON, "", .
() ·
2008.07.31, 23:43
BOLIMI: VATAN XAQIDA SMS SHERLAR | QOSHDI: | Теги:

KORILDI: 3367 | Загрузок: 0 | SMSLAR: 14 | REYTINGI: 4.3/11


SMSLAR SONI: 14

0  
14 munik77   (2010.03.01 08:39)
Assalomu alaykum! Ey moviy osmon,
Sen mening muqaddas beshigim Vatan.
Meni porloq kunlar chorlagan zamon,
Dunyoga ochilgan eshigim — Vatan.
Sen menga azizsan ona sutidek,
Go‘daklik yig‘imga guvoh bo‘lganim.
Ilk bor qadamimni qutlab, quvonib,
Sevgim sirlaridan ogoh bo‘lganim.
Yurt kezib sog‘insam tuproq gardini,
Sog‘inchimdan ko‘zi yoshlangan Vatan.
Mening yuragimga tutashib yo‘li,
Mening ostonamdan boshlangan Vatan.
Ilk bor aytgan so‘zim dunyoga kelib,
Yo‘llarga kuzatgan O‘zbekistonim.
Quyoshdek nur sochib, jilmayib, kulib,
Qo‘llarin uzatgan O‘zbekistonim.
Onamsan, otamsan, neki ulug‘ bor,
Sening noming bilan aytilar Vatan...
Bu dunyoga kelib Senga kelinar
Va bir kuni Senga qaytilar Vatan.
Mening ilk salomim alik olganim,
Ilk bor qadamimni qutlagan makon.
Sevgi izhorimdan entikkan yurak,
Mening muqaddasim, ey O‘zbekiston

0  
13 munik77   (2010.03.01 08:38)
Yuragimga ishq solmadi hilqatlaring,
Aqli hushim lol qilmadi hislatlaring,
Allohimdek yor bo'lmadi Xazratlaring,
Ey Hindiston, men sog'indim O'zbegimni.

Tog'laring bor, bas kelolmas tog'larimga,
Bog'laring bor, o'hshamaydi bo'glarimga,
Bulbullaring alishmasman zog'larimga,
Ey Hindiston, Men sog'indim o'zligimni.

Oshkoriga yetolmaydi pinhon siring,
Bir kuniga arzimaydi minglab asring,
Kulbasiday bo'lolmaydi Oltin qasring,
O'zbegimning. Men sog'indim tuprog'ini.

Toj mahalga alishmasman sevgan yorim,
Har faslingdan topolmasman bir Bahorim,
Bor hulqingdan ustun turar bitta orim,
Ey Hindiston, men sog'indim sog'inchlarim.


0  
12 Bilol   (2009.11.09 15:28)
ONA VATAN ERKASI,
KELAJAKNING MEVASI.
BIZ BO'LAMIZ ALBATDA,
NIYATLAR ULKAN KATTA.

ORZULARIM UCH BERAR,
DIYOR MEXRI KUCH BERAR.
DILDA YORUG' TUYG'ULAR,
EZGU ISHKA TASHNAMIZ.

OBRO'LIDIR VATANIM,
DOVRUG'LIDIR VATANIM.
DUNYODAGI CHAMANIM,
BU VATANIM ALBATTA. bye


0  
11 Azizova Bonu   (2009.09.30 12:26)
Olloh bitta,
ota bitta,
ona bittadir.
Ko'ksimda yak dona
yurak bittadir,
Shu yurak ichida
Vatan bittadir,
Bizni ardoqlagan
diyor bittadir.
Yurtim,
Tinchliging abadiy bo'lsin!

0  
10 General   (2009.09.08 21:08)
vatan omon bo'lsin, Vatan uchu bir jonimiz, mingta bo'lsa beramiz.

0  
9 notanish   (2009.08.24 19:00)
Ey Vatan sen ila hayotim borim, sen mening iymonim nomusim orin.
Nega azizlarim yotkan mozorim va erka dilbandlar ezgin kezga bor.
Tarifing be qiyos ojizdir kalom sen menga qo'shiqsan qalbimga yurg'om.
Dedilar kecharsan ondan yo jondan dedim ayirmasin UZBEKISTONDAN....!!!

0  
8 7890077   (2009.06.17 22:49)
сени севаман сени ардоклайман сенга жоним фидо сени шунчалар севаманки хатто тасаввур килонмайсан сени озгалардан рашк киламан сен учун жоним фидо менин ватаним Узбекистон. dry

0  
7 ๑ღ✿Floricienta✿ღ๑   (2009.02.01 19:49)
YARATGANDIR YURT UCHUN BIZNI RABBIM,
SHU XALQ UCHUN BU ULUG´ VATAN UCHUN.
NE KILSAK XAM KAM BO´LADUR,
BEBAXO TUPROQ UCHUN.

0  
6 Bolshoy Brat   (2008.11.04 21:23)
Vatan tuygusidir bokira ona,
Tog'larga ko'rk berib ochilgan lola.
Mening vatanimsan,go'zal bo'stonim,
Xamisha sodiqman,Uzbekistonim. wink

0  
5 MoniKa   (2008.08.29 17:07)
Uygondim yurak yutib uygondim,
Ko'ngil soginchin tuyib uygondim.
Umid yo'lini kutib uygondim,
Vatanim seni seni sogindim.
Ko'ngilday oqarib tonglar otganda,
Noming takrorlab tun uygotganda,
Vatanim seni seni sogindim.
Shohlarda shivirlar so'ngi yaproqlar
Derazam chaqnatar kuzgi chaqmoqlar
Dilimda bosilmay ajib bir titroq
Vatanim seni snei sogindim
Go'daklardan so'radim Vatan Onam dedilar
Onalardan so'radim Vatan bolam dedilar
Bobolarim pok tuprogin Iymon dedilar
Vatanim seni seni sogindim

0  
4 MoniKa   (2008.08.29 16:53)
Bolaligim hur yo'shligim davru-davronim,
Qiblagohga qarab turgan oltin makonim.
Otam-Onam kirib kelgan darcham-ravonim,
Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim.

Alloh nazar qilgan Vatanim o'zing,
Bobolardan qolgan bo'stonim o'zing.
Sen qalbimsan,sen sevgimsan iymonim,
Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim.

Vatan nadur? nurayo'tgan devorlar aytsin,
Vatan uchun jonin tikkan o'glonlar aytsin.
Yiroqlarda yurgan Vatanga zor insonlar aytsin,
Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim.

Sensiz bo'm bo'sh tebranar umr karvonim,
Ufqda qoraydi nomsiz armonim.
Panohsiz giyohdek chayqalar jonim,
Panohimsan,qanotimsan O'zbekistonim.


0  
3 JAVOXIR   (2008.08.16 22:23)
O’ZBEKISTONIM, SENGA

Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.

Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.

Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.

Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing,
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.

Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim,
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga.

Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.

Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun,
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.


0  
2 JAVOXIR   (2008.08.16 22:23)
O’ZBEKISTON BAYROG‘I

Har qanday lashkarning ham
O’z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.

O’ylayman, ha, olamda
Nisbiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaberar.

Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir san’at yaratibdi,
Maqsadi - bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.

Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.

Sanasang hodisot mo‘l
O’zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.

Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?

Bir kuni yovqur shoir
Ya’ni Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaberdi
Uning dardli so‘rog‘i,
O’sha-o‘sha zamin kar,
O’sha-o‘sha gung oftob.

Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.
1984

Abdulla Oripov


0  
1 JAVOXIR   (2008.08.07 22:55)
Dilga jo bulgandir vatan tuyg'usi,
Kelajagi buyuk davlat bulg`usi.
Ozod,xur, vatandir chaman gul bog`lar,
Daryolar, cho`llar-u osmondek tog`lar.

Vatan dur usimlik,xatto jonivor,
Vatan tuygusidir g`uzal, ulugvor.
Unga ta'zim kilib, yashamok k?rak,
Vatan deb uradi, doimo yurak,

Vatan tuygusidir bokira ona,
Tog'larga ko'rk berib ochilgan lola.
Mening vatanimsan,go'zal bo'stonim,
Xamisha sodiqman,Uzbekistonim.



SAYTGA KIRISH
Логин:
Пароль:
SHERLAR
SAYT FAOLLARI

ESDA QOLDIMI?
XAMKORLARIMIZ
BIZ BILAN ALOQA
JAVOXIR_85@MAIL.RU
---BARKAMOL AVLOD--- YILI © 2010
Хостинг от uCoz